About the Journal
«Sport plus» — sport fan-ta’limi, innovatsion, texnologik, ilmiy-amaliy jurnal.
Jurnalning saytdagi havolasi: https://sport-plus-jurnal.uz
Jurnalning saytdagi pdf shaklidagi 1-soniga havola: https://sport-plus-jurnal.uz/index.php/SP/issue/view/1.
Jurnalning internetdagi rasmiy veb-sayti — https://sport-plus-jurnal.uz.
Jurnalning nomlanishi: «Sport plus».
Jurnalning parallel nomlari: «Sport plus» jurnali.
Jurnalning tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
Muassis: “Tadbirkor va ishbilarmon” MChJ.
Nashr boshlanish yili: 2023 yil.
Davomiyligi: Har oyda bir marta.
Ixtisosligi (sohalar): Sport fan-ta’limi, innovatsion, texnologik, ilmiy-amaliy jurnal.
«Sport plus» jurnali 19.07.2023 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan № C-5669263 reestr raqami tartibi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Litsenziya raqami: № 104147.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi sportchilari uchun kasbiy va sport tayyorgarligiga bo‘lgan talablar oshgani tufayli ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlar sport sohasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ilmiy maqolalarni nashr etish orqali sport fanining zamonaviy yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish hamda olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun samarali ilmiy platforma yaratishdir. Shuningdek, jurnal Oliy attestatsiya komissiyasining talablariga javob beradigan ilmiy maqolalarni chop etish orqali dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik ko‘rishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Maqsad va vazifalar:
— Sport sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni keng yoritish va natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
— Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot orqali yangi sport texnologiyalarini tadqiqot asosida sport mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilish;
— Sportchilarning tayyorgarlik jarayonida shaxsiylashtirilgan va innovatsion yondashuvlarni ilmiy asosda ishlab chiqish va ularni amaliy tavsiya sifatida taqdim etish;
— Sport fanining turli yo‘nalishlarida pedagogik eksperimentlarni o‘tkazish hamda ularning natijalarini chuqur tahlil etish;
— Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy maqolalarni nashr etish imkoniyatini yaratish;
— Jurnal orqali sport psixologiyasi, valeologiya, jismoniy madaniyat va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida ilmiy natijalarni ommalashtirish.
Nashr etiladigan ilmiy yo‘nalishlar:
— sport texnologiyalarining ilmiy-amaliy qo‘llanilishi;
— jismoniy tayyorgarlikni baholash va sport mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar;
— amaliy sport psixologiyasi va sport pedagogikasining dolzarb masalalari;
— sportchilarning funksional holatini tahlil qilish va zamonaviy metodlar asosida takomillashtirish;
— valeologiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar.
Muhim ahamiyati:
“Sport plus” jurnali ilmiy tadqiqotlarni ommalashtirish va O‘zbekistonda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan dolzarb ilmiy platformadir. Unda chop etiladigan maqolalar nafaqat tadqiqotchilar uchun, balki amaliyotchi mutaxassislar uchun ham manfaatli bo‘ladi. Jurnal ushbu yo‘nalishdagi metodik tavsiyalarni zamonaviy talablar asosida ishlab chiqishda va ularni ilmiy asoslangan holda tatbiq qilishda muhim vosita hisoblanadi.
Jurnal sahifalarida chop etilgan maqolalar Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga javob berib, doktorantlar va magistrantlar uchun dissertatsiyalar himoyasi oldidan tayyorgarlikning muhim qismi sifatida xizmat qiladi.
Jurnalning saytdagi pdf shaklidagi 1-soniga havola: https://sport-plus-jurnal.uz/index.php/SP/issue/view/1.
Jurnalning saytdagi pdf shaklidagi yangi soniga havola: https://sport-plus-jurnal.uz/index.php/SP/issue/view/3.
Manzilimiz: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-mavze, 19-uy, 9-xonadon.
Jurnal haqidagi batafsil ma’lumot saytimizda quyidagi havolada berilgan: https://sport-plus-jurnal.uz/index.php/SP/about